AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bemor ayolga qo`pol munosabatda bo`lgan tez tibbiy yordam xodimlari jazolandi

'Qashqadaryoda bemor ayolga qo`pol munosabatda bo`lgan tez tibbiy yordam xodimlari jazolandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam xodimlari chaqiriq paytida bemor ayolga qo`pol munosabatda bo`lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Unga ko`ra, mazkur holat tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali mutasaddilari tomonidan o`rganilgan. 

Natijada bemorga nisbatan qo`pol muomalada bo`lganligi sababli Qarshi shahar tez tibbiy yordam bo`limi shifokori D.Salomova va feldsher H.Eshonqulovga intizomiy jazo choralari qo`llanilgan.  

    Boshqa yangiliklar