Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy vokzalda yo`lovchi poezd bir soatga kechikkani haqidagi video tarqalmoqda. Holatga “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati izoh berdi.
Izohda keltirilishicha, ushbu poezd soat 18:00 da harakatlanishi lozim bo`lgan 6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yo`nalishidagi shaharlararo poezdi bo`lib, mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli yo`lovchi poezdning texnik ko`rikdan o`tkazish va ta`mirlash jarayoni ma`lum vaqtga cho`zildi va natijada ushbu poezd o`rniga boshqa poezd harakatlanishni boshlagan.
Poezd 18:52 da Janubiy vokzaldan yo`lovchilar bilan jo`nab ketgan.
Fuqarolardan respublikamizda kuzatilayotgan anomal sovuq vaqtida kelib chiqayotgan texnik muammolarni to`g`ri tushunishlarini so`rab qolamiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.






