AsosiyJamiyat

So`nggi 11 oyda qaysi viloyat aholisi eng ko`p “Tez yordam” chaqirgani aytildi

'So`nggi 11 oyda qaysi viloyat aholisi eng ko`p “Tez yordam” chaqirgani aytildi'ning rasmi

Joriy yil yanvar-noyabr oylarida “Tez yordam”ga yurtimiz bo`yicha jami 12 million 330 ming 509 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shundan jami 817 ming 132 nafar katta yoshli, 310 ming 274 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizasiya qilindi.

Eng ko`p murojaatlar:

Farg`ona viloyatida — 1 336 301 ta;

Andijon viloyatida — 1 244 119 ta;

Toshkent shahrida — 1 244 015 ta;

Toshkent viloyatida — 1 183 787 ta;

Namangan viloyatida — 1 145 109 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy (380 977 ta ), Sirdaryo (451 261 ta) va Jizzax (499 042 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Ma`lumot uchun, o`tgan 2022 yil yanvar-noyabr oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 11 million 735 ming 450 ta murojaat kelib tushgan edi.

    Boshqa yangiliklar