Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy vokzalda yo`lovchi poezd bir soatga kechikkani haqidagi video tarqaldi.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu poezd soat 18:00 da harakatlanishi lozim bo`lgan 6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yo`nalishidagi shaharlararo poezd bo`lgan.
Anomal sovuq tufayli yo`lovchi poezdning texnik ko`rikdan o`tkazish va ta`mirlash jarayoni ma`lum vaqtga cho`zilishi natijada ushbu poezd o`rniga boshqa poezd harakatlanishni boshlagan. Poezd 18:52 da Janubiy vokzaldan yo`lovchilar bilan jo`nab ketgan.
"Fuqarolardan respublikamizda kuzatilayotgan anomal sovuq vaqtida kelib chiqayotgan texnik muammolarni to`g`ri tushunishlarini so`rab qolamiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning asosiy maqsadi — yo`lovchilarni o`z manziliga xavfsiz etkazish!", matbuot xizmati bayonotida.






