1

Ikki viloyatda aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan ko`mir talon-toroj qilindi

Jinoyat 13.12.2023, 12:28
Ikki viloyatda  aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan ko`mir talon-toroj qilindi

Farg`ona va Jizzax viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Aytilishicha, departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Unvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Oltiariq ko`mir ombori mudiri M.I. Rishton tumanidan ko`mir omboriga biriktirilgan jamoatchi vakil S.E. va boshqalar o`zaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida tuman aholisiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan umumiy qiymati 774,1 million so`mlik 2 578 tonna ko`mirni soxta hujjatlar rasmiylashtirish yo`li bilan boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborgan.

Shu kabi, departamentning Mirzacho`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning “Do`stlik” ko`mir ombori mas`ul shaxslari va boshqalar 351 tonna ko`mirni aholiga imtiyozli narxlarda sotilgani to`g`risida soxta hujjatlar rasmiylashtirgani aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1