Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Tataristan Respublikasidagi “Kazanskie kanatne dorogi” MChJ bosh direktori Denis Belov va "Gordeev" arxitektura byurosi arxitektori Mixail Gordeevlardan iborat investorlarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar Shahrisabz tumani, G`elon qishlog`i hududida geografik jihatdan qulay joylashuvga ega umumiy er maydoni 2 ming 600 gektar bo`lgan “Tog` chang`i dam olish maskani” loyihasi amalga oshirish yuzasidan fikr almashishdi.
Ta`kidlanishicha, qiymati 300 mln dollarga baholanayotgan ushbu loyiha 8,3 km uzunlikdagi 3 ta dor yo`li, 3 va 5 yulduzli mehmonxona maskani, ko`p qavatli avtoturargohlar, ziplayn, rodelban va boshqa turistik infratuzilmalarni o`z ichiga olib, birinchi bosqichi 2026 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.