11-13 dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so`ng O`zbekiston hududi bo`yicha havo harorati asta-sekin ko`tariladi. 14 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, shimolda 15-17° sovuqqacha atrofida hali ham sovuq bo`ladi, kunduz kuni esa havo 0-5° iliqqacha isiydi.
15-17 dekabr kunlari harorat kechalari 0-5° sovuqqacha, ba`zi joylarda 2° iliqqacha ko`tariladi, kunduz kunlari 4-9° iliqdan
0-5° iliqqacha o`zgarib turadi.
14-17 dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16 dekabrda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.
Poytaxtda 14-15 dekabr va 17 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Harorat kechalari 11-13° sovuqdan 0-2° sovuqqacha asta-sekin ko`tariladi, kunduz kunlari 14 dekabrda 1-3° iliq,
15 dekabrda 4-6° iliq, 16 dekabrda 0-2° iliq, 17 dekabrda 2-4° iliq bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi.






