AsosiyJamiyat

Shahar joylarda tezlikni 50 km/soatga tushirish tavsiya etildi

'Shahar joylarda tezlikni 50 km/soatga tushirish tavsiya etildi'ning rasmi

Jahon sohliqni saqlash tashkiloti 2023 yil uchun yo`llardagi xavfsizlik bo`yicha global hisobot e`lon qilidi.

Hisobotda aytilishicha, yo`l-transport hodisalari 5 yoshdan 29 yoshgacha bo`lgan bolalar va yoshlar o`limining asosiy sababi bo`lib qolmoqda. O`lim holatlarining yarmidan ko`pi piyodalar, velosipedchilar va motosiklchilar orasida, ayniqsa past va o`rta daromadli mamlakatlarda sodir bo`ladi.

Shunga ko`ra, hisobot tuzuvchilar tomonidan ayrim tavsiyalar berilgan. Xususan, tezlikni shahar joylarda 50 km/s dan past belgilash, rulda alkogol iste`moliga qarshi kurash, motosiklchilar uchun majburiy shlem, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish, 10 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kreslodan majburiy foydalanish YTHlarda o`lim darajasini kamaytirish uchun eng samarali chora deb topilgan.

Tasdiqlanmagan ma`lumotga ko`ra, O`zbekiston yo`llarida tadbirkorlarga tegishli foto va video yozuv uskunalariga ham kamar taqmaganlikni huquqbuzarlik sifatida qayd etish imkoniyatini beruvchi Hukumat qarori loyihasi tayyorlangan va tez kunlarda qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar