Qoraqalpog`istonda bir oilaning besh a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Darakchi.uz`ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Vojea joriy yilning 15 dekabr kuni soat 11:45 lar chamasida Chimboy tumani, “Keңes” OFY hududida yashovchi fuqaro M.Berdaxovlar oilasida sodir bo`ldi. 6 nafar oila a`zosining hushsiz yotganligi qo`shnilari tomonidan aniqlanadi.
Ular zudlik bilan shifokorlarni chaqirishadi. Tekshirilganida ushbu xonadonda yashagan 1957 yilda tug`ilgan M.Berdaxov, 1961 yilda tug`ilgan Z.Mamutova, 1986 yilda tug`ilgan S.Berdaxova, 2008 yil tug`ilgan A.Artikbaeva va 2011 yilda tug`ilgan M.Artikbaevlar vafot etgani ma`lum bo`lgan.
Shuningdek, 1995 yilda tug`ilgan T.Oskinbaev, 2000 yilda tug`ilgan A.Bekmuratovalar og`ir ahvoldaligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud bo`lib, xonadonning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turgani aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha Chimboy tumani prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.
Elatib o`tamiz, Farg`ona va Namanganda ham ikki oilaning to`rt nafardan a`zolari is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.






