AsosiyJamiyat

Yangidan qurilib foydalanishga topshirilayotgan ko`p kvartirali uylarda liftlar tegishli davlat standartlari va xavfsizlik talablariga javob bermaydi – senator

'Yangidan qurilib foydalanishga topshirilayotgan ko`p kvartirali uylarda liftlar tegishli davlat standartlari va xavfsizlik talablariga javob bermaydi – senator'ning rasmi

Ko`p qavatli uylardagi liftlar holati va aviachiptalar sotib olishdagi ayrim muammolar yana bir bor senatorlar muhokama markazida bo`ldi

Bugun, 20 dekabr kuni, Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq sakkizinchi  yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Yig`ilishda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Qutbutin Burxonov muhim ma`lumotlarga to`xtaldi.

Senatorning so`zlariga ko`ra, ko`p kvartirali uylar va aholi gavjum bo`ladigan obektlarda foydalaniladigan liftlar bilan bog`liq muammolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`rganib chiqilgan va ko`p kvartirali uylarda, ayniqsa yangidan qurilib foydalanishga topshirilayotgan ko`p kvartirali uylarda foydalaniladigan liftlarning ma`nan va texnik eskirganligi, tegishli davlat standartlari va xavfsizlik talablariga muvofiq emasligi, shuningdek ularni soz holatda saqlab turilishi ustidan nazorat etarli emasligi aniqlangan.

Bu kabi masalalarni hal etish maqsadida 2023 yil 15 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 602-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq 2024 yil 1 martdan boshlab ko`p kvartirali uylarda lift va eskalatordan foydalanish bilan bog`liq kamchiliklar aniq choralar asosida bartaraf etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar