AsosiyJamiyat

Buxoroda aholiga imtiyozli narxda sotilishi kerak bo`lgan 800 tonnadan ortiq ko`mir talon-toroj qilinganligi aniqlandi

'Buxoroda aholiga imtiyozli narxda sotilishi kerak bo`lgan 800 tonnadan ortiq ko`mir talon-toroj qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

Qish mavsumida aholining yonilg`i mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida, bir nechta tumanlarda ko`mir mahsulotlari talon-toroj qilinganligi holatlari aniqlandi.

Xususan, "Ko`mir ta`minot" MChJning Buxoro viloyat filiali Vobkent ko`mir omborida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 sentyabrdagi 551-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Respublika aholisini ko`mir mahsulotlari bilan ta`minlash tartibi to`g`risida"gi Nizom talablariga muvofiq, aholiga imtiyozli narxda etkazib berilishi kerak bo`lgan 455,7 tonna, Olot ko`mir omborida 205,3 tonna, Qorako`l ko`mir omborida 78 tonna, Jondor ko`mir omborida esa 67,4 tonna ko`mir noqonuniy sotib yuborilganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur ko`mir omborlarining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar