AsosiyJamiyat

Nukusda ichimlik suvini tejaganlar rag`batlantiriladi (video)

'Nukusda ichimlik suvini tejaganlar rag`batlantiriladi (video)'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi bilan hamkorlikda ichimlik suvidan unumli foydalanib, tejagan odamlarni rag`batlantirish bo`yicha yangi loyiha e`lon qildi.


O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Farmoniga asosan 2024 yil 1 yanvardan boshlab Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish bo`yicha ko`p qavatli uylar o`rtasida «Tejamkor uy» va «Tejamkor xonadon» reyting tizimi ishga tushiriladi. Bundan ko`zlangan maqsad ichimlik suvidan oqilona foydalanish va tejashdan iborat.

Reyting natijalariga ko`ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon va 20 ta ko`p qavatli uy rag`batlantiriladi. Xususan, g`oliblarning xonadonlariga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o`rnatib beriladi.

«Unutmang! Har qanday tabiiy resursning ham oxiri bor. Shunday ekan, suvdan tejamkorlik bilan foydalaning»,- deyilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabarida.

    Boshqa yangiliklar