AsosiyJamiyat

"Gazprom" O`zbekistonga gaz etkazib berish hajmini maksimal darajada oshirdi

'"Gazprom" O`zbekistonga gaz etkazib berish hajmini maksimal darajada oshirdi'ning rasmi

"Gazprom" hozirda O`zbekistonga «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali texnik jihatdan mumkin bo`lgan maksimal hajmda gaz etkazib bermoqda. Bu haqda  "Gazprom" rahbari Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma`lum qildi.

"Dekabr oyida O`zbekistonga sovuq havo kirib keldi, o`zbekistonlik do`stlarimiz va hamkasblarimiz O`zbekistonga gaz etkazib berishni imzolangan shartnoma bo`yicha kunlik majburiyatlarimizdan ikki baravar ko`proq hajmda oshirishni so`radi. Hozirda dekabr oyida O`zbekistonga "Markaziy Osiyo – Markaz" quvuri orqali berilishi mumkin bo`lgan maksimal texnik hajmdagi gazni etkazib beryapmiz", — dedi u.

"Gazprom" O`zbekistonga gaz etkazib berish bo`yicha so`rovlarni to`liq qondiryapti, dedi Miller.

Shu bila birga Rossiya, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik muddati 15 yilni tashkil etadi, uzoq muddatli hamkorlik to`g`risidagi shartnoma 2024 yil o`rtalarida tuzilishi mumkin, dedi Miller. 

    Boshqa yangiliklar