Ijtimoiy tarmoqlarda "Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etiladi" degan xabarlar tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi xizmati bu xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qildi.
Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan.
"Mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmaganligini ma`lum qilamiz" deyiladi xabarda.
Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan asossiz ma`lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg`itmasliklarini so`raldi.






