AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida 2 mlrd so`mga yaqin pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxslar qo`lga tushdi

'Toshkent viloyatida 2 mlrd so`mga yaqin pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxslar qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo`yicha o`tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi nazorat tadbirlari ham o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmatining xabar berdi. Ohangaron tumanida joylashgan Chinor YPX maskanida Vodiy-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan 32 yoshli haydovchi R.R. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi hududiy IIB, DXX va Bojxona xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda tekshirilganda, daraxt ko`chatlari ostiga berkitilgan holatda 528 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

IIBB xodimlari tomonidan mazkur yo`nalishda noyabr oyidan boshlab viloyat hududida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida turli hajm va ko`rinishdagi umumiy qiymati 1 mlrd 14 mln so`m bo`lgan 1 mln 709 ming dona noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlangan va tegishli tartibda muomaladan olingan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 80 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lsa, 9 ta holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bundan tashqari, bir necha holat hududiy voyaga etmaganlar Komissiyasiga o`rganish uchun yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar