Sayyoradagi 500 ta eng badavlat kishining umumiy boyligi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga oshdi. Tesla Inc. rahbari Bloomberg milliarderlari reytingida yana birinchi o`rinni egalladi.
Maskning boyligi bu yil Tesla aksiyalarining 105 foizga (ikki baravar) o`sishi evaziga 95,4 milliard dollarga oshib, 232,393 milliard dollarga etdi. Natijada u bir yil avval reytingda birinchi o`rinni egallagan fransiyalik milliarder Bernard Arnodan o`zib ketdi.
Arno dunyodagi eng yirik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SA kompaniyasini boshqaradi va nazorat qiladi. Jahon iqtisodiyotidagi umumiy tanazzul va hashamatli tovarlarga talabning pasayishi LVMH aksiyalari qiymatining o`sishini cheklab qo`ydi, kompaniya aksiyalari joriy yilda 8,4 foizga qimmatlashdi.
Ayni paytda Maskning boyligi Arnonikidan (178,979 milliard dollar) 50 milliard dollardan oshib ketgan.
Amazon.com Inc. asoschisi Jeff Bezos bu yil boyligiga 70 milliard dollar qo`shib, Arno bilan tenglashdi.
Microsoft korporasiyasi asoschisining sof qiymati Bill Geytsning daromadi 2023 yilda 140,511 milliard dollarga, Microsoft kompaniyasining sobiq bosh direktori Stiv Balmerniki esa 130,529 milliard dollarga oshgan. Geyts va Balmer Bloomberg milliarderlari ro`yxatida kuchli beshlikni yakunlaydi.
Hindistonlik milliarder va Adani Group egasi Gautam Adani Hindenburg Research kompaniyasining bozorni manipulyasiya qilish va buxgalteriya hisobidagi firibgarlikda ayblashi natijasida 2023 yilda 37,3 milliard dollar yo`qotdi.






