“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`ycha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ertalab biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.






