O`zbekistonda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag`batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo`nalishi bo`yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko`zda tutilyapti.
Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki lisenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish mo`ljallanmoqda.
Bu ishlarni respublika va mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.






