Tadbirkorlik subektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to`lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat`i nazar xaridorga beriladi. Bu haqda Soliq qo`mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Agar xaridor to`lovlarni elektron to`lov tashkilotlari, bank mobil ilovalar yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.
Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to`lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).
"Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo`llash lozim. Ilovaning o`zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin" deyiladi xabarda.
10.01.2024 14:18
Оnlayn xaridlar uchun elektron chek beriladi






