Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog`istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog`iston, O`zbekiston) 680 nafar o`quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi.
Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo`lga kiritildi.
Mazkur olimpiadada informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.
Xalqaro olimpiadada g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilarimiz bilan tanishing:
Informatika:
Aslibek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o`quvchisi- oltin medal;
Husanboy Mansuraliev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o`quvchisi-kumush medal;
Matematika:
Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o`quvchisi- oltin;
Asadbek Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.X.Sirojiddinov nomidagi akademik liseyi 1-bosqich o`quvchisi - kumush;
Begzod Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o`quvchisi - kumush;
Behruzbek Elmurodov - Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o`quvchisi - bronza medal;
Maqsadbek Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog`ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o`quvchisi— bronza medal;
Asilbek Abduqayumov -Toshkent shahar, Vestminster akademik liseyi 2-bosqich o`quvchisi— bronza medal;
Elbek Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o`quvchisi— bronza medal;
Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako`l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o`quvchisi— bronza medal;
Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o`quvchisi— bronza medal;
Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o`quvchisi— bronza medal;
Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o`quvchisi - bronza medal;
Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o`quvchisi - bronza medal.
Eslatib o`tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo`lib, unda o`zbekistonlik o`quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo`lga kiritgan edi.