AsosiyJamiyat

Samarqanddagi milliy tabiat bog`ida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqanddagi milliy tabiat bog`ida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida joylashgan «Zarafshon» milliy tabiat bog`ida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yong`in 2024 yil 13 yanvar kuni tabiat bog`ining Olmazor mahallasi hududida joylashgan qismida kelib chiqqan.

Holat bo`yicha yong`in-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yong`in to`liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar aniqlanmagan.

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi mas`ullari hodisa joyiga chiqqan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, tabiatga etkazilgan zarar miqdori 120,7 mln so`mni tashkil etgan.

«Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishildi. Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan tomonidan nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar