“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda qor yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho`l hududlarida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq, shimolda 3-8° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° ilik iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.






