AsosiyJamiyat

Samarqandda avtobus "Changan" bilan to`qnashuv oqibatida ariqqa ag`darilib ketdi

'Samarqandda avtobus "Changan" bilan to`qnashuv oqibatida ariqqa ag`darilib ketdi'ning rasmi

Samarqandda avtobus "Changan" bilan to`qnashuv oqibatida ariqqa ag`darilib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, voqea bugun, 16 yanvar kuni soat 13:20 lar atrofida Urgut tumani hududidan o`tuvchi 4R-47 “Bulung`ur-Urgut M-39” avtomobil yo`lining "Mergancha" mahallasi hududidan o`tuvchi 64-km.da sodir bo`lgan. Isuzu rusumli transport vositasi bilan "Changan" rusumli avtomashinalar to`qnashuvi oqibatida Isuzu rusumli avtobus yo`lning o`ng tomonidagi ariqqa ag`darilgan.

Oqibatda avtobus salonida bo`lgan haydovchining yordamchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va engil tan jarohati olganligi uchun uyiga  javob berib yuborilgan. 

Ayni paytda Urgut tumani IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar