AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi sexda 857,2 mln so`mlik tabiiy gaz o`g`irlandi

'Jizzaxdagi sexda 857,2 mln so`mlik tabiiy gaz o`g`irlandi'ning rasmi

Jizzax shahridagi “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qog`ozni qayta ishlash sexida tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, tijorat maqsadida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelib, 1,1 mln metr kub 857,2 mln so`mlik tabiiy gazni o`g`irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlandi.

    Boshqa yangiliklar