AsosiyJamiyat

Qo`lida pistolyot ko`tarib video olgan navoiylik yigitlar qamaldi (video)

'Qo`lida pistolyot ko`tarib video olgan navoiylik yigitlar qamaldi (video)'ning rasmi

IIV JXD YHXXning ma`lum qilishicha, huquqbuzar yigitlar yarim tunda Navoiy shahri G`alabashoh ko`chasida Gentra'da qo`liga qurol olgan holda harakatlanib, holatni videotasvirga olishgan. Shundan so`ng, videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashgan.

"Kechki payt jo`ram mashinangda bitta video olaylik, deb iltimos qildi. Rozi bo`ldim. Qo`lidagi o`yinchoq pistolyot, yuzida esa maska edi. Video Instagram'ga qo`yilgandan so`ng, tarqalib ketdi. Bu oddiy pistolyot, deb o`ylab, video olgandik. Buni qonunga hilof deb o`ylamaganmiz", - deydi huquqbuzarlardan biri. 

Mazkur ish JIB Navoiy shahar sudida ko`rib chiqildi. Sud qaroriga ko`ra, ikki huquqbuzar MJtKning 183-moddasi bilan aybli deb topilib, ularga 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar