Samarqandda yuk mashinasi bilan to`qnashgan avtobus ag`darilib ketdi.
Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16 yanvar kuni soat 13:20 lar atrofida Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o`tuvchi 4R-47 “Bulung`ur-Urgut M-39” avtomobil yo`lining «Mergancha» mahallasi hududidan o`tuvchi 64-km.da Isuzu rusumli transport vositasi bilan «Changan» rusumli avtomashinalar to`qnashuvi oqibatida Isuzu rusumli avtobus yo`lning o`ng tomonidagi ariqqa ag`darilgan.
Oqibatda avtobus salonida bo`lgan haydovchining yordamchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va engil tan jarohati olganligi uchun uyiga javob berib yuborilgan.
Ayni paytda Urgut tumani IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






