2023 yilning iyul oyida Farg`ona shahrida 11 yoshli qizning jasadi zo`rlash va qotillik alomatlari bilan topilgani, 2006 yilda tug`ilgan yigit gumnolanuvchi sifatida qo`lga olingani haqida xabar bergandik.
Joriy yilning 15 yanvar kuni mazkur jinoyat ishi yuzasidan sud hukm chiqardi.
Bu haqda Farg`ona shahar sudi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sud hujjatlariga ko`ra, mazkur jinoyatda ikki yigit aybdor deb topilgan. Sud hukmi bilan aybdorlarning biriga JKning 25,97-moddasi 2-qismining "v",z","o" bandlari, 118-moddasining 4-qismi, 119-moddasining 4-qismi bilan 14 yilga, ikkinchisiga esa mazur moddalar bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sudlanuvchilarning jinoyatdan xabardor bo`lgan yana bir sherigi ham bo`lgan. U mazkur jinoyatni bilib turib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yashirganligi uchun sud unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.
Qayd etilishicha, cud sudlanuvchilarning voyaga etmaganini hisobga olgan holda hukm chiqargan.






