Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 17 yoshli qiz bedarak yo`qoldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati Asaka tumani “Mirzaobod” mahallasida yashovchi 2007 yilda tug`ilgan Nazirova Zarnigor 2023 yilning 7 dekabr kuni yashash xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan va bedarak yo`qolgan. Ushbu qidirilayotgan qiz haqida biror ma`lumotga ega bo`lganlardan zudlik bilan 102 raqamiga yoki 93-7871747 raqamiga qo`ng`iroq qilish so`ralgan.
“Mening qizim 7 dekabr kuni maktabga ketyapman, deb chiqib ketgan. Iltimos, shu qizimni topishimda yordam beringlar. Zarnigorjon, jon qizim, asal qizim, qaytgin, bag`rimizni ochib kutib olamiz seni. Jonim bolam. 18 yanvar kuni tug`ilgan kuning, jonim bolam, birga nishonlaylik”, — deya yig`lab murojaat qilgan qizning onasi.






