AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro aeroportiga "Fly Khiva" aviakompaniyasining birinchi samolyoti qo`ndi

'Toshkent xalqaro aeroportiga "Fly Khiva" aviakompaniyasining birinchi samolyoti qo`ndi'ning rasmi

17 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:45da "Fly Khiva" mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. ICE8996 reysi Toshkentga Islandiya poytaxti Reykyavikdan etib keldi.

Boeing 767-304 yuk samolyoti aviakompaniya parkidagi birinchi samolyot bo`ldi. Kompaniya vakillari yaqin kelajakda samolyotlar parkini xuddi shu turdagi samolyotlar bilan to`ldirish rejalari haqida ma`lum qilishdi.

Aviakompaniya Dubay (BAA), Istanbul (Turkiya), Dehli (Hindiston) va Gonkongga (Xitoy) yuk reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

"Fly Khiva" — Urganchda joylashgan mahalliy aviakompaniya bo`lib, "Fly Khiva Group" tarkibiga kiradi. Aviatashuvchi fuqarolik, yuk va biznes aviasiyasini rivojlantirish maqsadida 2021 yilda tashkil topgan

    Boshqa yangiliklar