AsosiyJamiyat

"Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdi(video)

'"Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

"Toshkent metropoliteni" DUK ma`lumot berishicha, holat joriy yilning 17 yanvar sanasi soat 19:30 lar atrofida "Kosmonavtlar" metro bekatida sodir bo`lgan. 40-sonli harakat tarkibinining vagon elektr qismida texnik nosozlik  kuzatilgan. 

Shu boisdan, yo`lovchilar va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, yo`lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo`riqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar ko`rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo`nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta`sir ko`rsatmagan.

 

    Boshqa yangiliklar