Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Bektemir tumanida konteyner ichidagi qurilish mollari yonib ketgani haqida videolar tarqaldi.
FVV axborot xizmatining ma`lum qilishicha, yong`in 17 yanvar kuni soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq ko`chasida joylashgan ichida qurilish mollari bo`lgan konteynerda ro`y bergan.
4 ta yong`in qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da voqea joyiga etib borib, 17:54 da batamom o`chirishgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo`q, yong`inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.






