AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Afg`oniston bilan chegaradosh "Ayritom" bojxona postida tirbandlik yuzaga keldi

'O`zbekistonning Afg`oniston bilan chegaradosh "Ayritom" bojxona postida tirbandlik yuzaga keldi'ning rasmi

O`zbekistonning Afg`oniston bilan chegaradosh "Ayritom" bojxona postida tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Chegara postida yuzaga kelgan suniy tirbandlik o`rganildi, deya xabar qildi Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, bunga haydovchilarning hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sabab bo`lgan, bu esa sun`iy tirbandlik yuzaga keltirgan. 

"Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig`i Termiz tumanida joylashgan qo`shni Afg`oniston hududiga chegaradosh «Ayritom» bojxona posti orqali harakatlanuvchi yuk avtomashinalari haydovchilari bilan davlatlararo yuk tashish faoliyatini amalga oshirishda belgilangan talablar, meyoriy xujjatlarda haydovchilarning ayrim kamchiliklari aniqlanayotgani, bu esa suniy tirbandliklarni hosil bo`lishiga olib kelayotgani xususida tushuntirish-targ`ibot ishlari olib bordi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar