AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ko`magida 18 ming o`rinli talabalar turar joylari quriladi

'O`zbekistonda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ko`magida 18 ming o`rinli talabalar turar joylari quriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoni bilan Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta`lim muassasalari uchun talabalar turar joylarini qurish loyihasini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Mazkur Farmonda belgilangan 18 000 o`rinli talabalar turar joylari qurish loyihasini amalga oshirish vazifasi ijrosini ta`minlash maqsadida, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining Davlat-xususiy sherikchilik bo`yicha konsalting bo`limi boshlig`i, direktor o`rinbosari Markos Martinez Garsia hamda ushbu loyiha doirasida jalb etilgan Rebel Group International bv. konsalting kompaniyasi rahbari Rolf Dauskardtlar bilan vazirlik binosida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Uchrashuvda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, loyiha doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshirilgan ishlar hisoboti muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir o`rinbosari S. Buzrukxonov bugungi kunda talabalar turar joylariga bo`lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu loyihaning dolzarbligini ta`kidlab o`tdi hamda ishlarni jadallashtirish bo`yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

    Boshqa yangiliklar