Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida eksport, investisiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo`yicha yig`ilish bo`lib o`tmoqda.
Yig`ilishda davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish bo`yicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investisiya va ichki bozor bilan erishib bo`lmasligini qayd etdi.
Shu munosabat bilan kompleks uchun mas`ul Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Xodjaev chorak yakunigacha o`zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko`rib chiqilishi to`g`risida ogohlantirildi.
O`z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o`rinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.
Investisiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo`lgan o`rinbosarlari ishdan bo`shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.






