AsosiyJamiyat

Texnik tartibga solish agentligi to`liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o`tkaziladi

'Texnik tartibga solish agentligi to`liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o`tkaziladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida eksport, investisiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo`yicha yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda ayrim korxonalarimizda xalqaro sertifikat yo`qligi uchun global logistika zanjirlariga qo`shila olmayotgani aytildi.

Iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham etmaydi.

Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi to`liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o`tkazilishi belgilandi.  

Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga etkazish uchun adliya vaziri A.Toshqulov mas`ul etib belgilandi. Ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.

Mutasaddilarga 2024 yilda eng ko`p eksport bo`ladigan Evropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish bo`yicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga etkazish topshirildi.

Joriy yilda “GSP+” tizimi orqali Evropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga etkazish zarurligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar