AsosiyJamiyat

Qarshida ona va o`gay ota olti yoshli bolasini qiynoqqa solib kelgani aytildi

'Qarshida ona va o`gay ota olti yoshli bolasini qiynoqqa solib kelgani aytildi'ning rasmi

Bolalar Ombudsmani matbuot xizmati Qarshida olti yoshli bolaning qiynoqqa solinganiga oid xabarlar yuzasidan ota-ona o`rtasidagi nizo doirasida otaning farzandiga onasi tomonidan zo`ravonlik va turli jarohat etkazganligi to`g`risidagi arizasi asosida tergovga qadar tekshiruv o`tkazilganini ma`lum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda A.Q.ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va 2023 yil 6 noyabrda berilgan ekspertiza xulosasida bolaning tanasida «o`ng boldirni o`rta oldingi yuzasida qontalash» ko`rinishidagi tan jarohati borligi aniqlanib, mazkur tan jarohati sog`liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan engil tan jarohati ekanligi e`tirof etilgan va bunga ko`ra jinoyat ishi qo`zg`atilishi rad qilingan.

Bundan so`ng ham qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan bo`lib, uning natijasida 2023 yil 29 dekabr kuni jinoyat ishini qo`zg`atish rad qilingan. Shuningdek, 2023 yil 30 noyabrda Qarshi shahar tumanlararo fuqarolik sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga ko`ra, bola o`z onasi bilan yashashi belgilangan. Ota U.A. sudning mazkur mazmundagi qarori ustidan norozi bo`lib, yuqori instansiyaga apellyasiya shikoyati bergani va bolaning o`zi bilan yashashini belgilashni talab qilayotgani xabar qilingan.

Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid masalalar yuzasidan murojaatchilar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o`tkazgani xabar qilindi. 2018 yilda tug`ilgan A.Q.ning onasi L.J. Bolalar ombudsmani bilan uchrashib hozirda davom etayotgan nizo yuzasidan o`z vajlarini bayon etgan.

Shuningdek, shu kunning o`zida bolaning otasi U.A. ham Bolalar ombudsmani qabuliga kelib, farzandining ayni paytdagi holati, ish jarayonlari borishi va bu borada o`z vajlarini ma`lum qilgan.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda bola ota-onalardan qay biri bilan yashashi masalasi bo`yicha nizo yuqori sud instansiyasi bosqichida ko`rish jarayonidadir. Bolalar ombudsmani mazkur holat bo`yicha bolaning eng ustun manfaatlari nuqtai nazaridan o`z kuzatuvini davom ettiradi.

    Boshqa yangiliklar