Farmonga ko`ra, 2024 yil 1 martdan 2026 yil 1 martgacha:
- tadbirkorlar tomonidan O`zbekiston hududiga olib kiriladigan o`xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlar bojxona bojlari to`lanishidan ozod etiladi:
- ️mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari, savdo-ko`ngilochar majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mebel va inventarlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar;
- ️cho`milish havzalari (basseyn) va akvaparklar uchun mo`ljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, to`lov-ma`lumot terminallari, videokuzatuv tizimlari, yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar, maxsus suv tozalash filtrlari;
- ️turizm markazlarida joylashgan zargarlik va oltin mahsulotlari chakana savdosi do`konlari faoliyatini tashkil qilish uchun kerak bo`ladigan qurilish (rekonstruksiya va modernizasiya qilish) materiallari, asbob-uskunalar va texnologiyalar;
- Mo`ynoq va Zomin aeroportlariga parvozlar amalga oshirilganda 23 yoshgacha bo`lgan yoshlar, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun aviayo`lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo`yicha amalga oshiriladi hamda yo`lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog`liq xarajatlari byudjet hisobidan qoplab beriladi.
Mehmonxona va turizm xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha davlat aktivlarini savdoga chiqarishda xarid to`lovlarini, miqdoridan qat`i nazar, 5 yilgacha bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati nazarda tutiladi hamda 3 oydan ortiq muddat sotilmasdan turgan aktivlarning boshlang`ich bahosini 30 foizgacha pasaytirish, zarur hollarda, balans (qoldiq) qiymatida sotish choralari ko`rib boriladi.






