AsosiyJamiyat

Davlat kafolati ostida mablag` jalb qilingan ayrim loyihalarda kechikish, qo`shib yozish va mablag`larni talon-toroj qilish holatlari bor — Prezident

'Davlat kafolati ostida mablag` jalb qilingan ayrim loyihalarda kechikish, qo`shib yozish va mablag`larni talon-toroj qilish holatlari bor — Prezident'ning rasmi

Xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilayotgan ba`zi loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmagani va tender o`tkazilmaganligi uchun mablag`lar ishlatilmay qolmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat kafolati ostida mablag` jalb qilingan ayrim loyihalarda kechikish, qo`shib yozish va mablag`larni talon-toroj qilish holatlari ham bor.

Mutasaddilarga xalqaro moliya institutlari bilan ishlash tizimini tubdan o`zgartirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Bunda loyihalar tanlashdan oldin jamoatchilik muhokamasidan o`tkaziladi, texnik-iqtisodiy asoslar moliya institutlari standartlari bilan uyg`unlashtiriladi, tender jarayonlari to`liq raqamlashtiriladi va takliflarni baholash muddati 1 oydan oshirilmaydi, moliya institutlari bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun o`quv kurslari tashkil etiladi. 

Shuningdek, xususiy sheriklikni rivojlantirish, xorijdagi tashkilotlardan grantlar jalb qilishni faollashtirish, shu jumladan elchilarning bu boradagi faolligi va mas`uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.
 

    Boshqa yangiliklar