AsosiyJamiyat

Prezident sanoatda ishlab chiqarishni ko`paytirish masalalariga to`xtaldi

'Prezident sanoatda ishlab chiqarishni ko`paytirish masalalariga to`xtaldi'ning rasmi

O`tgan yili ayrim korxonalarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi kamaygani qayd etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo`rg`on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o`sish bo`lmagani munosabati bilan Bosh vazirga ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko`rib chiqish topshirildi.

Hududiy sanoatni rivojlantirish uchun 24 ta maxsus iqtisodiy hudud tashkil qilingan. Ularga soddalashgan tartibda er ajratiladi, soliqdan imtiyozlar bor. 

Lekin ayrim hudud rahbarlari buni suiste`mol qilayotgani ko`rsatib o`tildi.

Masalan, respublika bo`yicha infratuzilmasi bor 800 gektar maxsus iqtisodiy hududlarning eri bo`sh bo`la turib, hokimlar ularning hududini kengaytirish bo`yicha murojaat qilmoqda.

Endilikda hokimlar maxsus iqtisodiy hududlardagi barcha erlarni to`liq o`zlashtirmay turib, uni maydonlarini kengaytirish bo`yicha tashabbus bilan chiqishi man etiladi.
 

    Boshqa yangiliklar