AsosiyJamiyat

Xorazmda 138 tup daraxt va butalarni yoqib yuborgan shaxslar 756 mln so`mdan ortiq zararni qoplaydi

'Xorazmda 138 tup daraxt va butalarni yoqib yuborgan shaxslar 756 mln so`mdan ortiq zararni qoplaydi'ning rasmi

Xorazm viloyati Shovot tumanida daraxtlar ayovsiz yoqib yuborilgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi izoh berdi.

Unga ko`ra, viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi Shovot tuman inspeksiyasi tomonidan o`rganish ishlari boshlangan.

Mazkur o`rganish davomida tumanning "Guliston" mahallasi joylashgan A.L. fermer xo`jaligi hududida jami 119 tup har-xil turdagi va o`lchamdagi manzarali daraxtlar kesib olinganligi hamda 19 tup har-xil turdagi manzarali daraxtlarni o`sishdan to`xtamaydigan va to`xtash darajasida shikastlanganligi hamda yoqib yuborilganlik holati aniqlandi.

Tabiatga etkazilgan zarar 456 million 020 ming so`mni,  etkazilgan zararning undirish summasi 756 million 200 ming so`mni tashkil qiladi.

Holat yuzasidan JKning 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar