AsosiyJamiyat

Ayrim tadbirkorlar foyda solig`ini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasida to`laydi

'Ayrim tadbirkorlar foyda solig`ini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasida to`laydi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, davlat qo`riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog`lari, pitomniklar (qo`riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o`rmon va o`rmon-ov xo`jaliklari, tog`li va cho`l hududlari hamda suv ob`ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan er uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yo`lga qo`ygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlarga ajratiladi.

Ekohududlarda joylashgan er uchastkalari ularning toifasi o`zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub`ektlariga “E-auksion”  orqali faoliyat ko`rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 

10 yil muddatga ijaraga beriladi.

 2024 yil 1 sentyabrgacha “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushiriladi.

2027 yil 1 yanvargacha:

- cho`l hududlarida rekreasion turistik xizmatlarni ko`rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pasionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlar  3 yil davomida foyda solig`ini va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini ushbu soliqlar bo`yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`laydi;

- cho`l hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e`tiboran 3 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini ushbu soliqlar bo`yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`laydi.

 

    Boshqa yangiliklar