Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir otaxonni katta tezlikda avtomobil urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 10:00 atrofida Andijon shahri O`zbekiston ko`chasida 1999 yilda tug`ilgan haydovchi xususiy korxonaga tegishli Gentra avtomobilni boshqarib ketayotgan bo`lgan.
Natijada yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan 1946 yilda tug`ilgan piyodani urib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Biroq ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bir kundan so`ng vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






