AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yo`ldan o`tib ketayotgan YPX xodimlarini sababsiz so`kkan erkaklar qamaldi (video)

'Qashqadaryoda yo`ldan o`tib ketayotgan YPX xodimlarini sababsiz so`kkan erkaklar qamaldi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, Koson tumanida yashovchi 4 nafar erkaklar yo`ldan o`tib ketayotgan YPX xodimlarining avtomashinasini videoga olib, xodimlarni turli so`zlar bilan haqorat qilgan va ularning onasidan so`kib, videoni Telegram'dagi guruhga jo`natib yuborishgan.

"7 yanvar kuni o`rtoqlarim bilan yig`ildik. Ichib olgandik, yo`ldan o`tayotgan YPX xodimlarini videoga olib, haqorat qilib, mahallamiz guruhiga jo`natdik. YPX xodimlariga adovatim yo`q. Uzr so`raymiz", - deydi erkaklardan biri.

Sudlanuvchilarning qolganlari ham mast holatda bo`lishgani, qilgan ishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirishdi.

JIB Koson tuman sudida mazkur erkaklarga nisbatan qaror chiqarildi. Unga ko`ra, ularning har biriga MJtKning 183 va 194-moddasi 1-qismi bilan 10 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar