AsosiyJamiyat

Insonning qaysi organlari o`zini tiklash xususiyatiga ega?

'Insonning qaysi organlari o`zini tiklash xususiyatiga ega?'ning rasmi

Inson organizmi – bu mukammal biologik mexanizm. Har soniyada organizmimizda salkam 4 million, bir sutkada esa 330 milliardga yaqin hujayralar yangilanadi. Bu jarayon “regenerasiya” deb ataladi.

Xo`sh, insonning yana qaysi organlari o`zini regenerasiya qilish xususiyatiga ega?

Jigar – inson organizmining asosiy filtri. Bu noyob organ qonni toksinlardan tozalash va muhim moddalarni sintez qilish kabi funksiyalarni bajarish bilan birga, turli omillar ta`sirida zararlangandan so`ng o`z faoliyatini tiklash xususiyatiga ham ega.

Jigarning 75 foizgacha qismi olib tashlanganda ham u bir necha oy ichida asl hajmiga qayta olishi mumkin. Bu jarayon jigarning asosiy hujayralari hisoblangan gepatositlar bo`linishi va ular nobud bo`lgan yoki zararlangan hujayrlarning o`rnini bosishi orqali ro`y beradi.

Teri – inson organizmini tashqi ta`sirlardan himoya qiluvchi birinchi “to`siq” hisoblanadi. Terida kichik yara yoki jarohat paydo bo`lganda epidermis hujayralari – keratinositlar o`zini o`zi tiklashni boshlaydi. Bunda, xuddi jigarda bo`lgani kabi hujayralar bo`linib zararlangan hujayrlar o`rnida yangilarini shakllantiradi. Buning natijasida esa yara tezroq tuzalib, terining silliqligi va tarangligi qaytadi.  

Suyak to`qimalari ham o`zini regenerasiya qilish xususiyatiga ega, ammo buning uchun ko`proq vaqt talab etiladi. Suyak to`qimalarining tiklanishida ikki hujayra – osteoblastlar va osteoklastlar asosiy rol o`ynadi. Ularning biri yangi suyak to`qimasining shakllanishiga javob bersa, ikkinchisi zararlangan hujayrlarni organizmdan olib tashlash (rezorbsiya) vazifasini bajaradi.

Ya`ni, suyak to`qimasi shikastlangandan so`ng osteoblastlar yangi to`qimalar, kollagen qatlamlarini shakllantirib, ularni kalsiy va fosfor kabi minerallar bilan boyitadi. Bu shikastlangan bo`g`imning mustahkamligini tiklash imkonini beradi. Muntazam jismoniy mashqlar ham shikast etgan sohada qon aylanishi va tiklanish jarayoni tezlashishiga yordam beradi.

Umuman olganda, inson organizmidagi ko`plab organ, to`qima va mushaklar u yoki bu darajada o`zini regenerasiya qilish xususiyatiga ega. Sog`lom turmush tarzi, jismoniy faollik, to`g`ri ovqatlanish esa ichimizda uzluksiz kechayotgan yangilanishlar jarayonini yanada tezlashtirish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar