Xitoyliklar halokatli virusni sichqonlarda sinab ko`rdi. Virus hayaonlarning suyaklari, o`pkalari, traxeyalari, ko`zlari va miyalariga ta`sir qilgan va o`limdan oldin ko`zlar butunlay oqarib ketgan.
Xitoylik olimlar mutasiyaga uchragan COVID-19 shtammi bilan tajriba o`tkazmoqda, bu sichqonlar uchun 100% halokatli.
Bu haqda o`tgan hafta Pekinda chop etilgan tadqiqotga tayanib nypost.com xabar bermoqda.
GX_P2V nomili halokatli virus odamlarga o`xshash genetik tarkibni aks ettirilgan sichqonlarning miyasiga hujum qildi.
Virus bilan kasallangan barcha sichqonlar sakkiz kun ichida vafot etdi, tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, bu "ajoyib" tez o`lim darajasi.
GX_P2V hayvonlarning o`pkalari, suyaklari, ko`zlari, traxeya va miyasiga ta`sir qilgan va o`limdan bir necha kun oldin kemiruvchilar tezda vazn yo`qotishib, egilib, juda sust harakat qilishgan.
Eng yomoni, o`limdan bir kun oldin ularning ko`zlari butunlay oqarib ketgan.
Olimlarning yozishicha, ushbu sinov COVID-19 bilan bog`liq virus bilan kasallangan sichqonlarning 100% o`lim darajasi bo`yicha, ilgari o`tkazilgan boshqa tadqiqotdan ancha ustundir.
London Universitet kolleji genetika institutining epidemiologiya mutaxassisi Fransua Balloux tadqiqotni “dahshatli” va “ilmiy nuqtai nazardan mutlaqo ma`nosiz” deb atadi.
2024 yilgi tadqiqotning COVID-19 pandemiyasi bilan bog`liq laboratoriya kelib chiqishi nazariyalari markazi bo`lgan Xitoyning Vuxan virusologiya instituti bilan aloqasi yo`q ko`rinadi. Yozda AQSh razvedka agentliklari koronavirus laboratoriyadan sizib chiqqani haqida hech qanday to`g`ridan-to`g`ri dalil topmadilar, ammo ular virusning boshqa laboratoriyadan chiqqan bo`lishi mumkinligini istisno qilmaganlar.
Eslatib o`tamiz, JSST ekpertlari koronavirusdan 20 barobar xavfliroq “X" kasalligiga tayyor bo`lish zarurligini ta`kidlashgan edi.






