AsosiyDunyo

BMT AQShning mahbuslarni azot gazi bilan qatl qilish uslubiga qarshi

'BMT AQShning mahbuslarni azot gazi bilan qatl qilish uslubiga qarshi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo`yicha idorasi AQShdagi Alabama shtatinining o`lim jazosiga hukm qilingan mahbuslarni azot gazi orqali qatl qilish qarorini qoralamoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Ta`kidlanishicha, bu shaxsga nisbatan qiynoq hisoblanadi va xalqaro huquq me`yorlarini buzadi. Shuningdek, idora yollangan qotillik uchun 25 yanvar kuni qatl etilishi rejalashtirilgan mahbusga nisbatan mazkur jazo qo`llanilmasligini talab qilmoqda.

Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo`yicha boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasani xabar berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, Evropada farmasevtika kompaniyalariga qatl qilish uchun ishlatiladigan dori-darmonlarni sotish taqiqlanganligi sababli ba`zi hududlar hukmni amalga oshirish uchun otib o`ldirish usulidan foydalanmoqda. Alabama, Missisipi va Oklaxoma shtatlari esa azotga asoslangan qatl tizimini joriy qilgan.

    Boshqa yangiliklar