AsosiyDunyo

AQShlik olimlar cho`chqa jigarini ilk bor inson qonini tozalashda ishlatishdi

'AQShlik olimlar cho`chqa jigarini ilk bor inson qonini tozalashda ishlatishdi'ning rasmi

Pensilvaniya universiteti (AQSh) olimlari yangi qon filtrlash texnologiyasini sinovdan o`tkazishdi. Buning uchun ular cho`chqa jigaridan foydalangan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Jigar inson tanasiga biriktirilgan va u qonni muvaffaqiyatli tozalashni boshlagan. Kelajakda ushbu texnologiyadan jigar etishmovchiligi bilan og`rigan bemorlar uchun ham qo`llanilishi rejalashtirilgan.

Tajriba hayvonlardan odamlarga organ transplantasiyasiga yangi yondashuvni ifodalaydi. Bunday holda jigar donor tanasining ichida emas, balki tashqarida ishlaydi. 

Hayvonlardan odamga organ transplantasiyasi bir necha o`n yillar davomida o`rganilgan. Ammo bunday operasiyalar odatda muvaffaqiyatsiz tugaydi, chunki inson immuniteti begona to`qimalarni qabul qilmaydi.

    Boshqa yangiliklar