AsosiySport

Bahodir Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin

'Bahodir Jalolov chernogoriyalik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin'ning rasmi

Bu xabar amerikalik taniqli jurnalist Den Rafael tomonidan tarqatildi. Ammo hozircha turnir tashkilotchilari bu ma`lumotni rasman tasdiqlashgani yo`q.    

Shu yilning 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi.

Oqshomning asosiy jangi superog`ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kechadi. Unda WBC chempioni Tayson Fyuri qolgan kamarlar sohibi Aleksandr Usikka qarshi ringga ko`tariladi.

"Kingdom Arena" mezbonlik qiluvchi ushbu prof boks kechasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham o`z jangini o`tkazadi. Buni Top Rank promouterlik kompaniyasi rasmiylari ham tasdiqlashgandi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mag`lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo`lqop ustamiz shu kuni chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi ringga chiqadi. Bu xabar amerikalik taniqli jurnalist Den Rafael tomonidan tarqatildi. Ammo hozircha turnir tashkilotchilari bu ma`lumotni rasman tasdiqlashgani yo`q.

Ta`kidlash joiz, 29 yoshli Prashovich professional faoliyati davomida 20 ta jang o`tkazib, 17 g`alaba (14 nokaut) va 3 mag`lubiyat qayd etgan. Faoliyatidagi ilk mag`lubiyatini 2021 yilda birinchi og`ir vaznda WBO chempioni Lourens Okolidan qabul qilib olgan. Shundan so`ng u Ayzek Chemberlen va Aleksey Papinga ham imkoniyatni boy berdi. Keyin esa Prashovich superog`ir vazn toifasiga o`tdi va ikki g`alabaga erishdi.

    Boshqa yangiliklar