AsosiyDunyo

“Trampning qaytishi dunyo uchun g`alaba”

'“Trampning qaytishi dunyo uchun g`alaba”'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Donald Trampni AQShning keyingi prezidenti sifatida qo`llab-quvvatlab, agar Tramp Ukrainani qo`llab-quvvatlasa, u “aynan dunyoga kerak bo`lgan” shaxs bo`lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Politico nashriga tayanib xabar bermoqda Zamon.uz.

"Agar u to`g`ri ish qilsa va ukrainaliklarni qo`llab-quvvatlasa, men ishonamanki, Tramp prezidentligi butun dunyo uchun katta g`alaba bo`lishi mumkin", - dedi Jonson.

Jonson Tramp 2018 yilda Ukrainani himoya qilgan va uni Kiev uchun jangda hal qiluvchi rol o`ynagan Javelin tankga qarshi qurollar bilan ta`minlagan birinchi AQSh prezidenti bo`lganini eslatdi.

Eslatib o`tamiz, 15 -yanvar kuni Ayova shtatida bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasining ilk praymerizlarida Tramp g`alaba qozondi.

 

Ulashish

    Boshqa yangiliklar