Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qozog`istonda bo`lib turgan va tranzit yo`nalishida harakatlanayotgan O`zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.
So`nggi kunlarda Qozog`iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo`llarda harakatlanish cheklangan.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda transport vositalarida harakatlanmaslik so`ralmoqda.






